Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalarida o‘qigan talabalar besh yil ishlab berishi yoki o‘qish xarajatlarini majburiy qoplash tartibi belgilandi, deb yozadi Sputnik.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

O‘zbekiston Ichki ishlar hamda Moliya vazirliklari tomonidan ishlab chiqilgan Nizomga ko‘ra, bundan buyon Ichki ishlar  vazirligining o‘quv muassasalarida o‘qigan yoki vazirlik tomonidan xorijiy muassasalarga o‘qishga yuborilgan bitiruvchilar o‘qishni tugatganidan keyin 5 yil davomida vazirlik yo‘llanmasiga binoan, davlat idoralarida majburiy uzluksiz xizmat ko‘rsatishi kerak bo‘ladi.

Ushbu shart bajarilmagan hollarda bitiruvchilar o‘qish xarajatlarini to‘liq ravishda qoplashi shart bo‘ladi. Bu haqda talabalar bilan o‘qish jarayonining boshida maxsus shartnoma imzolanadi va ularning ota-onalari ogohlantiriladi.

O‘qish uchun undiriladigan to‘lovda quyidagi xarajatlar hisobga olinadi: o‘qituvchilar ish haqi, stipendiya, kiyim-kechak, oziq-ovqat  ta’minoti, amaliy mashg‘ulotlar va yo‘l xarajatlari.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Guruhlarda hazil yoki kinoya qilib aytgan gaplarimni ham chiqarib yuboradigan jurnalistlar bor” — Shohrux G‘iyosov
Mahalliy
“Ko‘pchilik meni yolg‘on ma’lumot tarqatganlikda ayblaydi” — Shohrux G‘iyosov jurnalist va blogerlarning o‘ziga munosabati haqida gapirdi
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi