Ishlab chiqaruvchilar hukumat blokirovkalarini chetlab o‘tish uchun ortiq Google’dan foydalana olmaydi. Kompaniya Google tarmog‘idan niqoblanish uchun foydalanish imkonini beruvchi fronting texnikasini (domain-fronting) o‘chirdi, deb yozadi TJournal.
O‘zgarishlar Google’ning barcha servislariga daxl qiladi va allaqachon davlat cheklovlarini chetlab o‘tish uchun frontingdan foydalangan ba’zi servislarga texnik muammolar bilan tahdid qilmoqda. Signal, GreatFire.org va Psiphon kompaniyasining VPN-servislari shular jumlasidandir.
Google vakili kompaniya anchadan buyon tarmoqni yangilashni rejalashtirib kelganligini ma’lum qildi.
“Google hech qachon frontingni alohida imkoniyat sifatida qo‘llab-quvvatlamagan, biroq u dasturiy ta’minotimizning o‘ziga xos jihati tufayli hozirgacha ishlab keldi. Tarmoqni muntazam mukammallashtirib boramiz va frontingning o‘chirilishi rejalashtirilgan o‘zgarishlarning bir qismidir”, — deydi Google vakili.
Izoh (0)