“Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Muruvvat” nogiron bolalar internat uyiga Matiz avtomashinasi sovg‘a qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Ayni kunda muruvvat uyida 280 nafar 4 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan tug‘ma nogiron, aqlan zaif bolalar tarbiyalanadi.
Gazetalar jamoasi tomonidan har yili mamlakatning turli viloyatlaridagi bolalar uylariga avtomashina, turli maktablar, maktabgacha ta’lim muassasalariga sovg‘a-salomlar ulashish an’anaga aylangan.
Izoh (0)