Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda ikkita maktabda yangi ko‘rinishdagi maktab formalari sinovdan o‘tkazila boshlandi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Foto: To‘qimachilik sanoati assotsiatsiyasi

Foto: To‘qimachilik sanoati assotsiatsiyasi

Yangi maktab formasini ishlab chiqarishda O‘zbekiston To‘qimachilik sanoati assotsiatsiyasi hamda “Sharq liboslari” dizayn markazi hamda bir necha modelyerlar tanlov asosida jalb qilingan.

Yangi ko‘rinishdagi maktab formalari tajriba sifatida Toshkent shahridagi 91 maktab va Sirdaryo viloyatidagi 4 maktablarda sinovdan o‘tkazilmoqda. Maktab formasi yoshiga qarab uch guruhga bo‘lingan: 1–4, 5–7 va 8–11-sinflar uchun. Sinovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan 30 ta namunalardan har bir guruh uchun to‘rttadan kiyimlar jamlanmasi tanlab olindi.

Foto: To‘qimachilik sanoati assotsiatsiyasi

Foto: To‘qimachilik sanoati assotsiatsiyasi

“Tajriba sofligini ta’minlash maqsadida, ikki maktabda bir necha xil formani bir vaqtning o‘zida sinovdan o‘tkazishga qaror qilindi. O‘quvchilarning ota-onalaridan o‘z izohlarini alohda kartalarda qayd etish so‘raldi. Xususan, tajribada yangi maktab formasining bolalar uchun qulayligi, chidamliligi, yuvilganidan keyin qanchalik kichraysh-kichraymasligi va matoning yumaloq tugunchalar bilan paydo bo‘lish-bo‘lmaslik xususiyatlari o‘rganildi”, — deyilgan assotsiatsiya xabarida.

Dizaynerlar aytishiga qaraganda, yangi maktab formasini ishlab chiqishda uch mavsum sharoitlari hisobga olingan – kuz, qish va bahor. Undan tashqari O‘zbekistonning turli hududlari iqlimi, milliy mentalitet, tozalik normalari va bolalar yoshi ham hisobga olingan. Yangi maktab formasi ishlab chiqarishda asosan mahalliy gazmol va furnituralardan hamda natural materiallardan foydalanilgan.

Maktab formasini tanlash bo‘yicha tajriba ushbu yilning oxiriga qadar yakunlanishi kerak, chunki kelasi o‘quv yilidan boshlab barcha maktablarda mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan yangi formalarni joriy etish rejalashtirilmoqda. Har bir o‘quv muassasaning rahbariyati va ota-onalarga tasdiqlangan ko‘rinishdagi bir necha xil formalardan birini tanlab olish taklif etiladi. Maktab formasi maxsus magazinlarda sotiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
G‘ulomjon Yoqubovning sozandasiga turmushga chiqqan, 32 yoshida “xalq artisti”ga aylangan Gulsanam Mamazoitova 42 yoshda
Mahalliy
Qashqadaryodagi mavjud yer-maydonlarining 2,5 mln gektari Uzkad tizimiga kiritilgani maʼlum bo‘ldi
Salomatlik
Shamollash, milk kasalliklari, stress: davosi sabzavot va mevalar bo‘lgan yana 6 kasallik