2018-yilning 26-mart kunidan 13-aprel kuniga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi universiteti Qayta tayyorlash va malaka oshirish institutida “Ichki suv havzalarida kichik hajmli motorli kemalarni boshqarish” mavzusida tashkil etilgan o‘quv kursida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu o‘quv kursi davomida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari Belarus Respublikasining Kichik hajmli kemalar bo‘yicha davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish tajribasini o‘rganish bilan bir qatorda, kichik hajmli kemalarni boshqarish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirdi.
O‘quv kursi yakunida esa vazirlik xodimlari kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqini beruvchi xalqaro darajadagi guvohnomaga ega bo‘ldi.
Izoh (0)