AQSh Suriya masalasi tufayli Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni joriy etishga qaror qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Yangi sanksiyalar dushanba, 16-apreldan amalga kiradi.
“Ko‘rasiz, Rossiyaga qarshi sanksiyalar kuchayib boradi. AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin bu haqda dushanba kuni e’lon qiladi”, — dedi AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli.
Aytilishicha, yangi sanksiyalar Suriya prezidenti Bashar Asad tomonidan kimyoviy qurol qo‘llanishi bilan bog‘liq texnologiyalar va asbob-uskunalarni yetkazib beradigan kompaniyalarga qarshi qaratiladi.
Izoh (0)