AQSh harbiylari mamlakat prezidenti Donald Tramp tasdiqlashi uchun Suriyaga zarba berishning bir nechta variantini taqdim etdi. Ular bir kundan ortiq vaqt davomida bir nechta nishon bo‘yicha yoppasiga raketa hujumini ko‘zda tutmoqda. Bu haqda The New York Times xabar berdi, deb yozadi “Mk.ru”.
Nashrning ta’kidlashicha, Tramp maslahatchilari bilan birga zarba bir yil avval Xoms viloyatiga berilgan zarbadan ko’proq bo‘lishi kerak degan xulosaga kelgan. Oq uy o‘tgan yilgi kabi hujum rasmiy Damashqqa yetarlicha ta’sir ko‘rsatmaydi degan xulosaga kelgan.
Bir yil avval amerikaliklar Suriya harbiy aerodromiga “Tomagavk” klassidagi 59 ta raketa bilan zarba bergan edi.
Izoh (0)