Hindistonda yo‘lovchilar o‘tirgan 22 ta vagon stansiyadan boshqaruvsiz chiqib ketdi. Vagonlarda mingga yaqin odam o‘tirgan edi, deb xabar beradi Meduza.
Aytilishicha, voqea Gujorat va Orisha shtatlari o‘rtasida ro‘y berdi. Lokomotivlar almashtirilayotgan paytda vagonlar boshqaruvdan chiqib ketdi.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, bunga temir yo‘lchilar aybdor — ular ish olib borilayotgan paytda vagonlarni bloklab qo‘ymagan.
Yo‘lovchilardan hech kim jabrlanmadi.
Izoh (0)