Xitoy hech qachon boshqa davlatlarga tahdid qilmaydi va mavjud xalqaro tartibni buzishga urinmaydi. Bu haqda 10-aprel, seshanba kuni XXR raisi Si Szinpin Boaodagi (Janubiy Xitoy) Osiyo iqtisodiy forumining rasmiy ochilish marosimida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Xitoy o‘z taraqqiyotida qanday muvaffaqiyatlarga erishishidan qat’iy nazar u hech qachon mavjud xalqaro tizimni buzish yoki o‘z ta’sir hududini kengaytirishga urinib kimgadir tahdid qilmaydi”, — dedi u.
“Xitoy har qachongidan ham ko‘proq global tinchlikni himoya qiladi, shuningdek uning gullab-yashnashiga ulush qo‘shadi va xalqaro tartibni qo‘llab-quvvatlaydi”, — deya ta’kidladi davlat rahbari.
Izoh (0)