Saudiya Arabistoni kinoijodkorlari birinchi marta Kann festivalida qatnashadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mamlakat nomidan tanlovda qisqa metrajli film ishtirok etadi.
“Bugun (Fransiya madaniyat vaziri) Fransuaza Nissen xonim bilan birinchi marta Kanna kinofestivalida rasmiy ishtirok etishimiz borasida kelishuvga erishganimizdan juda xursandmiz”, — ma’lum qildi Saudiya madaniyat vaziri Avad bin Solih al-Avad.
Ikki mamlakat madaniyat vazirlarining uchrashuvi Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonning Fransiyaga tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi.
71-Xalqaro Kann kinofestivali 2018-yilning 8–19-may kunlari bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)