Ukraina MDH Ijroiya qo‘mitasiga hamdo‘stlik tarkibidan chiqish haqida hujjatlar topshirmagan. Bu haqda 6-aprel kuni MDH Ijroiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Viktor Guminskiy jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Ukrainaning MDHdan chiqishi to‘g‘risida Ijroiya qo‘mitasida hech qanday hujjatlar yo‘q”, — deya ta’kidladi u.
Guminskiy Ukraina MDH doirasidagi ba’zi tadbirlardagina ishtirok etayotganligiga aniqlik kiritdi.
“Ular badallarni to‘lamayapti, alohida tadbirlardagina ishtirok etmoqda, u yoki bu masalalar bo‘yicha (MDH Ijroiya qo‘mitasiga) notalar yubormoqda”, — dedi Ijroiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari.
Izoh (0)