Ukraina poytaxtida istiqomat qiluvchi erkak yirik miqdordagi pulga egalik qilish maqsadida o‘zini o‘g‘ri urganday qilib ko‘rsatishga urindi, ammo uning ishi huquq-tartibot organlari tomonidan fosh etildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, voqea o‘tgan yil boshida ro‘y bergan. Politsiya idorasiga noma’lum shaxslar kiyevlik erkakka hujum qilib, 200 ming grivnani (8300 dollar atrofida) tortib olgani xabar qilingan.
Politsiya voqea joyiga yetib borganida, jabrlanuvchi mashinasi oldida boshqa mashina to‘xtaganini, uning ichidan niqobli erkak chiqib, to‘pponchadan o‘q uzganini va pullarni tortib olganini aytib bergan.
Tergov jarayonida “jabrlanuvchi”ning o‘zi jinoyatni rejalashtirgani aniqlandi. Buni tashqi kuzatuv kameralari yozuvlari ham tasdiqladi — erkak ularni payqamay qolgan edi.
Natijada jabrlanuvchi sifatida ko‘rilgan odamning o‘zi jinoiy javobgarlikka tortildi.
Izoh (0)