Rossiyaning T-90M rusumli tanklari konditsionerlar bilan jihozlanadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Tankni yig‘uvchi “Uralvagonzavod” korxonasi tarqatgan xabarnomada ta’kidlanishicha, SSSR va Rossiya tanksozlik sanoatida birinchi marta ushbu harbiy mashinalar konditsioner bilan jihozlanmoqda. Endilikda ular jangovar mashinalarning majburiy komplektatsiyasiga kiritildi.
Ilk bor konditsionerlar Jazoirga yetkazilgan T-90M tanklariga o‘rnatilgan edi. Ammo milliy qo‘shinlarga mo‘ljallangan tanklarda bunday jihoz yo‘q edi.
Izoh (0)