AQSh milliy razvedkasi direktori Deniyel Kouts KXDR yetakchisi Kim Chen In Rossiyaga taklif etilganligini ta’kidlamoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Kim Chen Inning Xitoyga tashrifi fonida Koreya yarimorolini yadroviy qurolsizlantirishga qaratilgan olti tomonlama muzokaralar formatiga qaytish haqida so‘z borishi mumkin-mumkin emasligi haqidagi savolga Kouts “Mazkur aniq bosqichda gap nima haqida borayotganligini bilamiz deb o‘ylamayman. Kim Chen In Xitoyga Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazish uchun borganligini bilamiz. Muzokaralar uchun Rossiyaga tashrif buyurish taklifi bor ekanligini bilamiz”, — deya ta’kidlaydi u.
Kouts AQSh Maxsus xizmatlari Kim Chen In Rossiyada qanday mavzularni muhokama etish niyatida ekanligini bilishni istashini ma’lum qildi.
28-mart kuni Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov hozircha hech qanday Rossiya—Shimoliy Koreya sammiti kun tartibida yo‘q ekanligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)