3-aprel sanasida Yevropa Chempionlar Ligasining ¼ final uchrashuvlaridan ikkitasi o‘z nihoyasiga yetdi.
Turinning “Yuventus” jamoasi o‘z maydonida Zinedin Zidan boshchiligidagi Madridning “Real”ini qabul qildi. O‘yin madridliklar foydasiga hal bo‘ldi. Krishtianu Ronaldu dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir golga Marselo mualliflik qildi. Shu tariqa Zidan shogirdlari javob uchrashuvi oldidan yarim final uchun katta qadam tashladi.
Yevropa Chempionlar Ligasi
Chorak final bahslari
3-aprel, seshanba
“Yuventus” — “Real Madrid” 0:3
Gollar: 0:1 — 3 Ronaldu. 0:2 — 64 Ronaldu. 0:3 — 72 Marselo.Chetlatish: Paulo Dibala (66).