Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ispaniya janubi-sharqida beshta sirk filini olib ketayotgan yuk mashinasi YTHga uchradi. Avariya oqibatida bitta fil halok bo‘lgan, qolganlari esa jarohat olgan. Bu haqda TCH’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

Noxush hodisa Mursiya provinsiyasining Albasete shahri yaqinidagi trassada sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi yuk mashinasi haydovchisining boshqa avtomobilni ko‘rmay qolganligi sabab sodir bo‘lgan.

Shuningdek, yuk mashinasi ustida bo‘lgan ikkita fil oyog‘idan jarohat olganligi aytilmoqda.

Jarohat olgan fillar yuk mashinasidan kran yordamida ko‘tarib olingan. Mazkur YTH sabab trassadagi harakatlar ikki soatga to‘xtab qolgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda