Meksika sharqidagi Verakrus shtatida La-Toma qamoqxonasida yuz bergan isyonda yetti nafar politsiyachi halok bo‘ldi, yana 22 kishi jarohat oldi. Bu haqda El Universal xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
1,3 ming nafardan ortiq mahbus qamoqxona boshlig‘ining iste’fosini talab qilib isyon uyushtirganligi ta’kidlanmoqda. Politsiyachilar isyonchilarni tinchlantirish va ulardan ba’zilarini boshqa jazodan ozod etish muassasasiga o‘tkazishga harakat qilganda, mahbuslar bo‘ysunishdan bosh tortgan va huquq-tartibot organlariga tashlangan, matraslarga o‘t qo‘ygan.
Hukumat matbuot xizmati xabarida politsiya xodimlari yonayotgan matraslar tutunidan bo‘g‘ilib halok bo‘lganligi taxmini bildirilgan.
Biroz vaqtdan so‘ng isyonchilarni tinchlantirishga erishilgan. Hozirgi paytda yuz bergan hodisa vaziyatlari aniqlanmoqda.
Izoh (0)