O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, 31-mart – 1-aprel kunlari O‘zbekistonga Kaspiy dengizi orqali Volgabo‘yidan sovuq havo massasi kirib keldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.
31-mart kuni Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida, 1-aprel kuni esa respublikaning qolgan qismida yomg‘ir yog‘ishi va chaqmoq chaqishi kutilmoqda.
2-aprel kuni respublikaning ko‘p qismida yog‘ingarchilik kutilmayapti, Farg‘ona vodiysida yomg‘ir va chaqin kuzatilishi mumkin.
1–2-aprel kunlari havo harorati tunda 5–10 daraja issiq, kunduzi 13–18 daraja issiq bo‘ladi.
Izoh (0)