Ar-Riyodning harbiy mojaroga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan harakatlari muvaffaqiyatsizlikka uchrasa 10—15 yildan so‘ng Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasida urush yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda Saudiya Arabistoni merosxo‘r shahzodasi Muhammad bin Salmon Amerikaning The Wall Street Journal gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
U G‘arbning Tehronga nisbatan Islom Respublikasi rejimiga bosimni kuchaytirishga qaratilgan sanksiyalar rejimini kuchaytirish haqida fikr bildirdi.
“Harbiy mojaroning oldini olish uchun muvaffaqiyatga erishishimiz lozim”, — deya ta’kidladi shahzoda. U o‘tgan haftada AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Eronga qarshi harakatlar, IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurash va Yamandagi vaziyatni muhokama qildi.
“Amalga oshirishga urinayotgan ishimizda muvaffaqiyat qozonmasak, 10—15 yildan so‘ng Eron bilan urush yuzaga kelishining ehtimoli yuqori”, — deya ogohlantirdi u.
Izoh (0)