O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isakov bugun, 29-mart kuni Farg‘ona shahrida uchrashadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati
xabar bermoqda.
Oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq, ikki davlat hukumat rahbarlari O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaradosh viloyatlari rahbarlari kengashining birinchi yig‘ilishini o‘tkazadi.