Qo‘shiqchi Prins qonida 67,8 mkg/l miqdoridagi fentanil konsentratsiyasidan vafot etgan. Bunda fentanilning o‘limga olib keluvchi dozasi 58 mkg/l.ni tashkil etadi. Bu haqda sud-tibbiy ekspertlarining toksikologiyaga oid hisobotiga tayanib, Sky News xabar bermoqda, deb yozadi DailyAfisha.
Hisobotda, shuningdek, Prinsning jigarida 450 mkg/l fentanil bo‘lganligi ko‘rsatildi. Bu dori vositasini dozadan ortiq qabul qilishning o‘rtacha darajasidan 6,5 marta ortiqdir.
Prins 2016-yilning 21-aprelida vafot etdi. U Peysli-Parkdagi hovlisidan o‘lik holda topilgan. Qo‘shiqchining 1984-yilda chiqqan Purple Rain albomi unga dunyo bo‘yicha mashhurlik keltirgan.
Izoh (0)