• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12578.21
    • RUB160.31
    • EUR14633.49
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Toshturma” buzilib park bo‘lsinmi, yo buzilmay muzey?

    Xalq orasida “Toshturma” nomi bilan tanilgan Yunusoboddagi qamoq zonasi buzilib, uning o‘rnida yangi park zonasi quriladigan bo‘ldi. Nomini eshitsang, bir junjikasan o‘zi; adashib ham ichiga kirib qolishdan O‘zi saqlasin! Lekin, to‘xtang-chi — qamoqxona emas, muzey bo‘lsa, ichiga bir kirib ko‘rarmidingiz (albatta, kirgan kuningiz qaytib chiqishingiz kafolatlanadi)? Odam ikkilanib qolarkan — parklar ko‘p, lekin ichiga bemalol kirib, o‘tirib, so‘ng bemalol qaytib chiqish mumkin bo‘lgan qamoqxona... yo‘q.

    “Toshturma” joylashgan hududning sun’iy yo‘ldoshdan ko‘rinishi

    Ba’zan xabarlaru maqolalardan ko‘ra ularga bildirilayotgan fikrlarni o‘qish qiziqroq — bilmagan ko‘p narsalaringizni bilib olishingiz, boshqacha, boshqacharoq nuqtai nazarlar bilan ham tanishasiz. Ba’zi kommentlar o‘zgarmas deb o‘ylagan qarashlaringizni ham o‘zgartirib yuborishi mumkin. Shunday qiziqarli kommentlar o‘qib qoldim. “Toshturma” haqida. Hech qanday jinoyat qilmagan odamlar “Toshturma”ga kirib chiqmoqchi. Buzilmay, muzeyga aylantirilsa. “Kirish chiptasi falon ming so‘m bo‘lsa ham kirib chiqardim!”, — deyishyapti.

    To‘g‘ri, hamma ham buni xohlayotgani yo‘q. “Toshturma” o‘rnida muzey yo shunga o‘xshash tanishtiruvchi-xotira muassasasi tashkil etilishiga qarshi chiqqanlar ham bor. Ular o‘z nuqtai nazarini “bino devorlari sil tayoqchalariga to‘la” ekanligi bilan asoslanib, uni tag-tugi bilan buzib, yer bilan bitta qilish kerakligini ta’kidlagan. Yana bir guruh foydalanuvchilar “qanchadan-qancha begunoh kishilar qiynoqqa tutilgan, o‘ldirilgan joyda qanday qilib xotirjam sayr qilish mumkin?”, degan savolni o‘rtaga tashlagan. Shuningdek, “u yerda siyosiy yoki boshqa mahbuslar emas, asosan oddiy, mayda jinoiy ishlarga aloqador shaxslar saqlangan bo‘lsa, qanday ham muzey bo‘lardi?”, deguvchilar ham yo‘q emas.

    Lekin qamoqxonaning park emas, muzeyga aylantirilishi tarafdorlari ko‘proq. Ularning bir qismi ushbu jazo muassasasi 130 yillik tarixga ega ekani haqida yozgan bo‘lsa-da, shahar hokimligi ixtiyoriga topshirilgan mashhur qamoqxona aslida Ikkinchi jahon urushi arafasida ish boshlagan. “Toshturma” istilohi esa ruscha “Ташкентская тюрьма” (“Toshkent qamoqxonasi”) birikmasining qisqartmasidir. “Muzeychilar”ning e’tiborga molik ba’zi fikrlari bilan quyida tanishing:

    Mixail Paxomov

    Bunday unikal obyektda yerto‘lalarga uyushtiriladigan sayrlarni ham o‘z ichiga olgan sayyohlik majmuasini tashkil etgan yaxshiroq emasmi? Shaharda park zonalari ko‘p va ularga sayyohlarni majburlab ham olib borolmaysan, biroq eski qamoqxonaga bir kirib ko‘rishni hamma ham xohlaydi.

    Alkatras qamoqxonasi oldidagi sayyohlar olomoni.

    Alkatras qamoqxonasi oldidagi sayyohlar olomoni.
    Foto: Associated Press

    Viktor Neizvestniy

    Darhaqiqat! Amerikadagi o‘sha Alkatras qamoqxonasiga har yili millionlab sayyohlar tashrif buyuradi. Bu — ham tarix, ham arxitektura, ham bir subkultura qatlami. Bu yerda ekskursiyalar ham, tarbiyaviy suhbatlar ham o‘tkazsa bo‘ladi. Boz ustiga, Qatag‘on qurbonlari xotirasi xiyoboni ham uncha uzoqmas. Lekin... hukumatdagilar hammasini hal qilib bo‘libdi.

    Ivan Romanov

    Alkatrasdan tashqari Sankt-Peterburgdagi Trubetskoy bastioni qamoqxonasi ham yodimga tushdi. Butun boshli kompleksdagi eng ko‘p tashrif buyuriladigan joy edi, vaholanki unga kirish chiptalari arzon emasdi... Parkni qamoqxona atrofida ham qurish mumkin, lekin odamlar guruh-guruh bo‘lib tomosha qilgani keladigan joyni buzmay, qoldirgan ma’qul.

    Muhammad H

    Osvensim (Gitlerchilarning Polshadagi 1940—1945-yillarda faoliyat ko‘rsatgan konslageri)ni ham muzey sifatida saqlab qolishgan. U yerda har yili millionlab sayyohlar bo‘ladi. Shu bois, “Toshturma”ni saqlab qolish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlayman.

    Qobul

    Yoshlik qilib, “Toshturma”ning yerto‘lasida 11 oy o‘tirib chiqqanman — buni dushmanimga ham ravo ko‘rmagan bo‘lardim. Lekin muzey qilish mumkin, toki kelajak avlod avvallari odamlar qanday jazolanganini bilsin.

    Osvensim darvozasidan o‘tib borayotgan sayyohlar.

    Osvensim darvozasidan o‘tib borayotgan sayyohlar.
    Foto: Lonely Planet

    Farrux Mirzoirov

    Tap-tayyor biznesni buzishning nima keragi bor? Qamoqxona binolarini buzish, hududni tozalash, park qurib, uni obodonlashtirishdan ko‘ra qamoqxonani boricha saqlab qolish to‘g‘riroq. Ha, uyoq-buyog‘ini baribir to‘g‘rilash, qayergadir axborot stendlarini qo‘yib chiqish, suv-puv sotadigan rastachalar o‘rnatish va ekskursiyalarni yo‘lga qo‘yish kerak. Bu yerda xarajatdan ko‘ra daromad yuqoriroq bo‘lishi aniq. Eng asosiysi, agar shunday to‘g‘ri bo‘lsa, bu — tarixiy yodgorlik! Qo‘shimchasiga, davlat ham maqtansa arziydi: “Mana, eski qamoqxonalarimiz qanday edi, yangilari esa qanday yaxshi!”, deb. To‘g‘risi-da, ortiqcha bosh qotirishga na hojat?

    Olya Glasirina

    Muzey tashkil etish taklifini to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Ekskursiyalar uyushtirardik, ayniqsa yoshlar uchun foydali bo‘lardi — qonunni buzsa, qayerga tushib qolishini ko‘rardi. Parklar, xiyobonlar shundoq ham ko‘p qurilyapti. Muzeyga aylantirilsa, bu qamoqxonaga borgisi keladiganlar ko‘p topiladi.

    Nodir Husanxo‘jayev

    Bu beqiyos bir tarixiy obyekt. Uni buzishning nima keragi bor? Muzey yoki shunga o‘xshash biror nima tashkil etish mumkin-ku. Menimcha, juda ko‘pchilik eng mashhur qamoqxonani o‘z ko‘zi bilan ko‘rishni istagan bo‘lardi. Ekskursiyalar uyushtirish kerak. Muzeyga kirish pullik bo‘lsin. Bu yerdan tushadigan pul shahar byudjetiga ortiqchalik qilmaydi.

    Hotam Qosimov

    “Toshturma”dan o‘zbekcha Alkatras qilsa bo‘ladi-ku! Bu inshootni buzib yuborsak, tarixni buzib yuborgan bo‘lamiz. Muzey qilib ochilsa, birinchilardan bo‘lib borgan bo‘lardim. Balki: “Bu kamerada falonchining eri, kuyovi, xotini o‘tirgan”, degan lavhachalarni ham ko‘rib qolarman.

    Trubetskoy bastioni qamoqxonasidagi eski davr muhitini yaratishga yordam beruvchi haykallar.

    Trubetskoy bastioni qamoqxonasidagi eski davr muhitini yaratishga yordam beruvchi haykallar.
    Foto: Livejournal

    Muawoo Muawoon

    Turistik salohiyati ulkan tarixiy binolarni saqlab qolish bo‘yicha amaliy takliflar oddiy odamlar tomonidan bildirilayotgan bir vaqtda mahalliy tarixchilarimiz va o‘lkashunoslarimiz nima bilan band ekan-a, qiziq?

    Bul Kud

    Qamoqxonani muzeyga aylantirish — ajoyib g‘oya, yaxshi biznes bo‘ladi, o‘zim ham jon deb bunday muzeyga borgan bo‘lardim. Turistlarga ham juda yoqadi bunaqa muzeylar. Faqat, iltimos, avtoturargohni ham o‘ylashsin.
    Aytmoqchi, bildirilgan fikrlar orasida e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydigan yana biri bor: “Nima qursalaring ham, eng avvalo, u yerda qiynalgan, o‘lgan va begunoh jazolangan odamlar haqi uchun qurbonlik qilib, mulla chaqirib, Qur’on tilovat qilib yuborish kerak”.

    Mana shunaqa gaplar. Siz nima deysiz?

    [playbuzz-item playbuzz_url="asrora10/so-rovnoma-toshturma"]

    27.03.2018, 16:37   Izoh (0)   63772
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bobomurod Abdullayev: Men pul uchun emas, e’tiqodimdan kelib chiqib yozar edim

    27.03.2018, 15:55

    Shavkat Mirziyoyev: Xalqaro terroristik tashkilotlarning Afg‘onistonni makon qilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi

    27.03.2018, 15:31

    AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi 6 nafar jurnalist va inson huquqlari faoli ozod etilganini olqishladi

    27.03.2018, 15:20

    Davron Samatov O‘zbekiston zargarlik sanoati uyushmasining raisi etib tayinlandi

    27.03.2018, 15:18

    Shavkat Mirziyoyev Mogerini, Lavrov va Chovusho‘g‘lini qabul qildi

    27.03.2018, 14:54

    O‘zbekistonda bog‘chalarni texnik vositalar bilan jihozlash me’yorlari tasdiqlandi

    27.03.2018, 14:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston nega Osiyoning eng qimmat terma jamoasiga aylandi?

    Sport | 21 iyul, 13:05

    Netflix 2025-yilning birinchi yarmida eng ko‘p tomosha qilingan serial va filmlar ro‘yxatini e’lon qildi

    Kino | 21 iyul, 13:00

    “O‘zgidromet” 22-iyulda necha daraja issiq bo‘lishini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 12:54

    Gollivudning eng shov-shuvli 7 ta to‘yi

    Layfstayl | 21 iyul, 12:50

    O‘zbekistonda yil boshidan beri qariyb 35 ming fuqaro sog‘lomlashtirildi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 12:27

    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi

    Reklama | 21 iyul, 10:33

    Afrikada har yili 815 ming odam ovqat pishirishdan kelib chiqqan havo ifloslanishidan vafot etadi — hisobot

    Dunyo | 21 iyul, 12:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.