Shavkat Mirziyoyev “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan bir qator xorijiy delegatsiyalar rahbarlarini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Jumladan, davlat rahbari 27-mart kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerinini qabul qildi.
Shuningdek, Prezident Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi.
Davlat rahbari Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lini ham qabul qildi.
Izoh (0)