Rossiyaning Ryazan viloyati hukumati o‘z saytiga Kemerovodagi yong‘inda halok bo‘lganlar xotirasiga motam e’lon qilinishi haqida press-reliz joyladi, deb yozadi Meduza. Keyinroq bu axborot hukumat saytidan g‘oyib bo‘ldi.
Bundan tashqari, hukumat mahalliy OAVlardan motam haqidagi xabarni o‘chirib tashlashni so‘ragan. Bunday iltimos bilan jurnalistlarga Ryazan viloyati hududiy ishlar va axborot siyosati vazirligi xodimlari murojaat qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kemerovodagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazidagi yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni 64 kishiga yetdi. Kemerovo viloyatida yong‘in munosabati bilan uch kunlik motam e’lon qilindi.
Izoh (0)