Toshkentga Afg‘oniston bo‘yicha konferensiya doirasida tashrif buyurgan pokistonlik jurnalist Muhammad Javed Chaudri konferensiya kun tartibi, shuningdek, O‘zbekiston haqida fikrlarini aytib o‘tdi. Uning so‘zlarini O‘zA keltirmoqda.
Biz Afg‘onistonda tinchlik hukm surishidan, qo‘shnichilik munosabalari o‘rnatishdan juda manfaatdormiz. Vaholanki, Afg‘oniston mahsulot aylanmasining 80 foizdan ortig‘i Afg‘oniston – Pokiston tranzit yo‘li orqali amalga oshiriladi. Dengizga to‘g‘ri chiqish yo‘li bo‘lmagan Afg‘oniston keng turdagi mahsulotlarni Pokiston orqali oladi. Bu yurtdagi siyosiy muammolar bizga ham albatta o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi.O‘z yurtimning, xalqimning bir vakilli sifatida aytishim mumkinki, Islomobod va Kobul munosabatlarining yaxshilanishi ikki davlat fuqarolarining chegaradan o‘tib yurishi yuzasidan vaqti-vaqti bilan yuzaga kelib turadigan shikoyatlarni bartaraf etishga ham asos bo‘ladi.
Shu o‘rinda Afg‘onistonga tinchlik o‘rnatish uchun ko‘mak berayotgan O‘zbekiston hukumatiga ham minnatdorchilik bildiramiz. Pokiston aholisining aksariyati o‘zbek tilini yaxshi biladi va mamlakatingizdagi islohotlarni kuzatib boradi. Ular O‘zbekistonga sayohat qilishni juda xohlaydi. Biz urf-odatlari, an’analari, hayot tarzi bir-biriga o‘xshash xalqlarmiz. Kelgusida Pokiston – O‘zbekiston aloqalarini yanada kengayishi va sayyohlik yo‘nalishi rivojiga o‘z hissamni qo‘shish niyatidaman.
Muhammad Javed Chaudri, Pokistondagi Express News telekanalida siyosiy tok-shoular boshlovchisi va muallifi
Izoh (0)