Iroqda jangarilar Kirkuk shahri shimolida qo‘lga olingan to‘qqiz nafar politsiyachini qatl etdi. Bu haqda Iroq federal politsiyasiga tayanib, Skynews Arabia xabar bermoqda, deb yozadi “RBK”.
Telekanalning ma’lum qilishicha, 24-mart kuni terrorchilar Kirkukning shimolida politsiyachilarga hujum qilgan. Oqibatda to‘qnashuvning har ikkala qatnashchisi tomonidan halok bo‘lganlar va jabrlanganlar bo‘lgan. Huquq-tartibot organlarining to‘qqiz nafar xodimi yaralangan va halok bo‘lganlar orasidan topilmagan. Skynews Arabia suhbatdoshi ular o‘g‘irlanganligini taxmin qilgan.
Iroq huquqni muhofaza qilish organlari o‘z hamkasblari o‘limi yuzasidan xodimlarni e’tiborli va ogoh bo‘lish, terrorchilar tahdidini kuzatib borishga chaqirdi.
Izoh (0)