BMT ekspertlari e’lon qilgan yangi hisobotda aytilishicha, jahondagi bioxilma-xillik 2050-yilga kelib sezilarli darajada qisqaradi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Hisobotda Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Afrika, Markaziy Osiyo hamda Osiyo – Tinch okeani mintaqasidagi vaziyat va bu yerlardagi ekotizimlarga tahdidlar bayon etiladi.
Janubi-Sharqiy Osiyoda 2050-yilga kelib korallarning 90 foizi yo‘q bo‘lib ketadi. Global isish sur’atining qisqarishi ham yordam bermaydi. Agar baliqchilik miqyosi hozirgi darajada qolsa, 2048-yilga kelib baliq resurslari qolmaydi.
2100-yilga qadar Afrikadagi jonivorlar va qushlarning yarmi qirilib ketadi. Afrikadagi ko‘llarning qurishi o‘simliklar adadining ham qisqarishiga olib keladi.
Amerikada esa bioxilma-xillik allaqachon 35 foizga qisqargan. 2050-yilga kelib bu raqam 40 foizga yetadi.
Izoh (0)