SpaceX va Tesla kompaniyalari egasi Ilon Mask #deletefacebook harakatiga qo‘shildi va o‘z kompaniyalari sahifalarini mazkur ijtimoiy tarmoqdan o‘chirib yubordi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
“Mard bo‘lsangiz, SpaceX’ni Facebook’dan o‘chirib yuboring”, — deb yozgandi Twitter foydalanuvchilardan biri. Bunga javoban Mask bunday sahifalar borligini bilmagani, bor bo‘lsa ularni o‘chirib yuborishini aytgandi.
Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqdagi ikkala sahifa ham o‘chirib yuborilgan. Ta’kidlashi kerakki, mazkur sahifalarga 5 milliondan ortiq foydalanuvchi obuna bo‘lgan edi.
Avvalroq Trampga ishlagan kompaniya Facebook’ning 50 milliondan ortiq foydalanuvchilari ma’lumotlarini o‘g‘irlaganligi xabar qilingan va kompaniya rahbari Mark Sukerberg Facebook’ning aybini tan olgan edi.
Izoh (0)