Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShning Neshvill shahrida joylashgan bolalar bog‘chasining tarbiyalanuvchisi Karden Korts ijodiy topshiriqni bajardi va ta’lim muassasasi uchun ob-havo ma’lumotlari dasturini tasvirga oldi. TJournal uning ishiga e’tibor qaratdi.

Xabar berilishicha, so‘nggi oy davomida butun sinf ob-havoni va uni bashorat qilish usullarini o‘rgangan. Shundan so‘ng har bir bolaga bir kun davomida meteorolog bo‘lish vazifasi berilgan. Bolalarga uyda va bog‘chada video olish va ob-havo ma’lumotlarini tayyorlash taklif qilingan.

Korts otasidan rolikni montaj qilishda yordam berishni so‘ragan. Natijada video “ob-havo simulyatori”ga aylangan. “Meteorolog” so‘zini arang talaffuz qiladigan bolakay pultning tugmasini bosib, dovul, qor bo‘roni va tornadoga “tushib qoladi”. Keyin esa o‘z bog‘chasi oldida paydo bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
MIB: Ijro hujjatlarini qaytarishdan byuro organlari manfaatdor emas
Sport
Rasman: Neyt Dias UFC’ni tark etdi
Mahalliy
Toshkent yerusti metrosining 19 ta bekati nomi o‘zgaradi