AQSh prezidenti Donald Tramp sobiq vitse-prezident Jo Baydenni urib, yig‘latish istagida ekanini aytdi. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.
CNN telekanaliga bergan intervyusida Bayden o‘rta maktabda bo‘lganlarida, Trampni sportzalga olib borib, “aqlini kiritib qo‘ygan” bo‘lishini ta’kidlagan edi. Tramp uning so‘zlariga javob berdi.
“Aqlsiz Jo Bayden o‘zini kuchli bola qilib ko‘rsatmoqchi. Aslida u ham ruhiy, ham jismoniy kuchsiz, ammo u ikkinchi marta menga jismoniy hujum bilan tahdid qilmoqda. U meni bilmaydi, lekin men uni tezda yiqitib, yig‘lashga majbur qilardim. Odamlarga tahdid qilma, Jo!”, — deb yozdi Tramp.
Izoh (0)