Amerikaning Indiana shtatida yashovchi yigit bankni tahdidli yozuv yordamida tunashga qaror qildi, taksi ushlab, yo‘l haqini o‘g‘irlangan puldan to‘ladi. Bu haqda Courier Press xabar berdi.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, 19 yoshli Derik Faria uyiga mashina chaqirib, Fifth Third Bank bankigacha olib borishni so‘ragan. Haydovchidan kutib turishni so‘rab, o‘zi bino ichkarisiga kirgan. U yerda kassirga “bu o‘g‘rilik, barcha pullarni ber” degan yozuvni ko‘rsatgan. Bank xodimlarining ta’kidlashicha, jinoyatchi qurol ko‘rsatmagan.
Naqd pullarni olgan yigit uni kutib turgan mashinaga qaytgan va uyiga jo‘nagan. Taksi xizmati uchun o‘margan pullaridan 14 dollar, shuningdek olti dollar choy chaqa to‘lagan.
Bir soatdan so‘ng politsiya uni o‘z uyida hibsga oldi. Uning harakatlanishi kuzatuv kameralari orqali taqib etilgan. Tartib qo‘riqchilari uning uyini tintuv qilib, u taksichiga bergan 20 dollardan tashqari, barcha o‘marilgan pullarni musodara qilgan.
Izoh (0)