Toshkent shahrining Uchtepa tumanida 2000-yilda tug‘ilgan fuqaro is gazidan zaharlanib o‘ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
“Toshkent shahrining Uchtepa tumanida 15-mart kuni soat 02:00 larda Sharof ko‘chasida yashagan, 2000-yilda tug‘ilgan M.A. uyining yuvinish xonasida is gazidan zaharlanib, voqea joyida vafot etgan”, — deyiladi xabarnomda.
Voqeaning boshqa tafsilotlari ma’lum emas.
Izoh (0)