20-mart kuni Toshkentda Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan yoshlar marafoni tashkil etiladi. Bu haqda shahar hokimiyati ma’lum qildi.
“O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Yengil atletika federatsiyasi hamkorligida qabul qilingan ‘21-mart — Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan Yoshlar marafonini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida’gi qo‘shma qaroriga ko‘ra, joriy yilning 20-mart kuni soat 09:00 dan 12:00 ga qadar Yoshlar marafoni o‘tkaziladi”, — deyiladi xabarnomada.
Shu munosabat bilan o‘sha kuni soat 9:00 dan 12:00 ga qadar Nukus ko‘chasi (Nukus, Abdulla Qodiriy, Abay, Alisher Navoiy, Sharof Rashidov, Mustaqillik ko‘chalari)dan “Paxtakor” markaziy stadionigacha bo‘lgan ko‘chalar (Glinka, Oybek, Amir Temur, Mustaqillik, Sharof Rashidov, Abay, Sebzor, Navoiy, Yusuf Xos Hojib ko‘chalari)da harakatlanish cheklanadi.
Izoh (0)