Microsoft kompaniyasi xitoy tilidan insondek tarjima qiladigan sun’iy intellektni yaratdi. Bu haqda Engadget xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Sun’iy intellekt neyrotarmoqlar bazasida mashinadek tarjima qilishdan xalos bo‘lib, insonlardek yondashuvni qo‘llaydi.
Uni yaratish jarayonida yaratuvchilar ikki karralik o‘rgatishning yangi tizimidan foydalandi. Odamlarning bir guruhi xitoy tilidan ingliz tiliga, boshqa guruh esa aksincha tarjima qildi. Bu tizimga bir xil iboralarni har ikkala tilga tarjima qilish imkonini berdi.
Tadqiqot yakuniga ko‘ra, sun’iy intellekt inson bilan bir xil darajada ishlashi ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)