Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining nimchorak finalidan joy olgan “Chelsi” — “Barselona” to‘qnashuvida Londonda o‘tgan dastlabki o‘yinda 1:1 hisobidagi durang qayd etilib, kuchlar teng kelgan edi. Bugun ikki jamoa 1/4 final yo‘llanmasi uchun “Kamp Nou”da to‘qnash keladi.
Bugun, shuningdek, birinchi o‘yinda “Beshiktosh” ustidan yirik hisobda zafar quchgan Myunxenning “Bavariya”si turklar maydonida javob uchrashuvini o‘tkazadi. Dastlabki o‘yinda Xaynkes shogirdlari 5:0 hisobida “Beshiktosh”ni tor-mor keltirgan edi
Chempionlar Ligasida ham “turk seriali” tugadi. “Bavariya” o‘z uyida “Beshiktosh”ni ayab o‘tirmadi
Chorak finalga yetib kelgan jamoalar soni 6 taga yetdi: “Real”, “Liverpul”, “Manchester Siti”, “Yuventus”, “Roma” hamda “Sevilya”. 2 ta jamoa nomi bugun aniqlanadi.
1/8 final javob uchrashuvi
14-mart, chorshanba
“Barselona” — “Chelsi” Futbol-TV 00:45
“Bavariya” — “Beshiktosh” UzReport 22:00
Izoh (0)