Rossiya Tergov qo‘mitasi Sankt-Peterburgda pichoq bilan qurollangan erkak 18 yoshli qizga hujum qilganligi aks etgan kuzatuv kameralari videosini joylashtirdi, deb yozadi Tengrinews.
Videoda jinoyatchi qizga zarba berayotgani, u yerga qulaganda esa qadamlarini tezlashtirib, keyinroq esa yugurib voqea joyini tark etayotganligini ko‘rish mumkin.
“8-fevral kuni Vosstaniya ko‘chasida 21 yoshli erkak mojaro davomida tanishi, 18 yoshli qizning bo‘yniga pichoq bilan zarba bergan va voqea joyidan yashiringan. Jabrlanuvchi og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan. Hozirgi paytda u dori-darmon ta’siridagi koma holatida”, — deya xabar beradi Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati.
Mazkur jinoyat Qozog‘iston fuqarosi Mahmetov Aleksandr Yuryevich tomonidan sodir etilganligi aniqlangan. Hozirda unga nisbatan federal qidiruv e’lon qilingan.
Izoh (0)