Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.
Ularga asosan ochiq obuna tushunchasida nafaqat qimmatli qog‘ozlarni soni cheklanmagan investorlar orasida foydalangan holda joylashtirish, balki qimmatli qog‘ozlarni ommaviy taklif etish orqali ham joylashtirishni nazarda tutishi belgilandi.
Shu bilan birga, qoidalar ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlar tushunchasi bilan to‘ldirildi.
Ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlar deganda emitentning oddiy aksiyalariga aylantirilishi mumkin bo‘lgan imtiyozli aksiyalari, korporativ obligatsiyalari tushuniladi.
Shuningdek, yagona davlat reyestridan bitta chiqarilishda barcha ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarni amalga oshirilgan taqdirda ushbu qog‘ozlarni chiqarilishi to‘g‘risidagi qaror, risola va ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning asl nusxalari taqdim qilinadi.
Asl nusxalari yo‘qotilgan taqdirda ushbu xolat yuzasidan ommaviy axborot vositalari va Korporativ axborot yagona portalidagi berilgan e’lonlarning nusxalari taqdim etiladi.
Izoh (0)