Janubiy Koreyaning Somang Global kompaniyasi 2018-yil noyabrida Toshkentda Seoul Plaza biznes-markazini foydalanishga topshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda, O‘zbekiston—Janubiy Koreya biznes-forumi davomida ma’lum qilindi, deya xabar beradi Spot.
8-qavatli bino metroning “Oybek” bekati yaqinida qad rostlaydi. Undagi ofislar mahalliy va xalqaro kompaniyalarga sotiladi va ijaraga beriladi.
Somang Global Toshkentda “Seul shaharchasi” nomli 7 ta ko‘p qavatli uydan iborat turar joy kompleksini ham qurmoqda. Unda jami 650 ta kvartira bo‘ladi. Koreyalik investorlar loyihaga 100 million dollardan ortiq mablag‘ kiritdi.
Kompaniya O‘zbekistonda mehmonxonalar qurishni ham rejalashtirgan.