O‘zbekistonning tog‘ va tog‘oldi hududlarida 2018-yilning 11-mart kunidan 13-mart kunigacha sel kelishi xavfi mavjud. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Fuqarolardan ehtiyot choralarini ko‘rish hamda avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganida FVVning +998(71) 147-10-50 “Tezkor raqami”ga murojaat etish so‘raladi.
Izoh (0)