Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 2018-yil 1-mart holatiga ko‘ra faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 5 711 tani tashkil etdi. Ularning soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 659 taga yoki 13 foizga ko‘paydi, deya xabar beradi Davlat statistika qo‘mitasi.

Foto: “Nuz.uz”

Foto: “Nuz.uz”

Ushbu korxonalardan 3 186 tasi qo‘shma korxona, 2 525 tasi esa xorijiy korxona hisoblanadi. Ularni faoliyat turi bo‘yicha ko‘rilganda, eng ko‘pi sanoat va (2 507 ta  yoki 43,9 foiz) va savdoga (1 118 ta yoki 19,6 foiz), eng kami esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sohaga (77 ta yoki 1,3 foiz) to‘g‘ri keldi.

Yanvar—fevral oylarida O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokida 237 ta yangi korxona tashkil etildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 142 taga ko‘p yoki 2,5 baravarga oshgan.

Yangi korxonalar ham asosan sanoat (88 ta) va savdo (69 ta) sohasida bo‘lib, eng kami qurilishga (16 ta) to‘g‘ri keldi.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Chegara masalasining yakuniy hal etilishi Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi” —  Sadir Japarov 
Dunyo
“Bizga hayvonlardan yomonroq munosabatda bo‘lishadi” — Afg‘onistonlik qiz “Tolibon”ning cheklovlari haqida (video)