Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xorazmlik “tadbirkor” Zangiotadagi hamkorining 300 million so‘mlik chinni mahsulotini olib, o‘zlashtirib yubordi. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi ma’lum qildi.

Foto: Trend

Foto: Trend

Zangiota tumanida yashovchi, “Toshkent” savdo majmuasida savdo bilan shug‘ullanuvchi Akram Mahmudov (ism-shariflar shartli) xorazmlik hamkorining nojo‘ya qilmishidan shikoyat qildi.

Uning aytishicha, Xorazm viloyatida yashovchi, 1992-yilda tug‘ilgan Ilhom Atamuradov tezda sotib berishi, xaridorlar ko‘pligini aytib, undan umumiy qiymati 300 million so‘mlik chinni idish olib ketadi. Biroq ularni sotgandan so‘ng pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuboradi.

Zangiota tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan I.Atamuradovga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Italiyaning agrar sohaga oid universitetlari filiallari ochiladi
Dunyo
Rossiyada “Saroy to‘ntarishlari”ning boshlanishi, parvoz vaqtida portlab ketgan “Chellenjer” va general Vlasovning xoinligi. Kun xronologiyasida 28-yanvar
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi