Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumani, Qamashi qishlog‘ida yashovchi Q.Berdiyev 6-mart kuni ertalab o‘g‘li, maktabning 10-sinf o‘quvchisi H.Qarshibekov uydan qo‘ylarni boqish uchun chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligi yuzasidan murojaat qildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi
xabar bermoqda.
Qidiruv ishlari davomida Qamashi qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi “Mirishkor” kanalidan H.Qarshibekovning bosh qismidagi jarohati bilan murdasi topildi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni shu qishloqda yashovchi 1990-yilda tug‘ilgan B.Shodmonov o‘zaro janjal oqibatida sodir etganligi aniqlandi va qo‘lga olindi.
Izoh (0)