O‘zbekistonda yaqin orada ilk bor oliy ta’lim muassasasi qoshida tuziladigan bolalar bog‘chalari tajribasi amaliyotga joriy etiladi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

Foto: O‘zА

Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shinga ko‘ra, ikkita yangi bolalar bog‘chasi 2018-yil 1-sentabrda ishga tushiriladigan Puchon universiteti filiali hududida paydo bo‘ladi. Ular soha rivoji uchun o‘ziga xos tajriba va ilmiy-amaliy maydonga aylanadi.
“Har bir maktabgacha ta’lim muassasasi 140 nafar bolaga mo‘ljallangan. Ulardan biri umumiy, ikkinchisi esa maxsus ehtiyojli bolalar uchun bo‘ladi. Bog‘chalar qurilishi va jihozlanishi koreys tomoni zimmasida bo‘ladi”, — dedi Agrippina Shin o‘zbek-koreys biznes-forumi davomida.