Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Urugvayga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Har ikki mamlakat futbol assotsiatsiyalari bu borada o‘zaro kelishuvga erishdi.

Foto: Google Images

Rossiya—2018 mundialida ishtirok etuvchi Urugvay terma jamoasi Jahon Chempionatiga jo‘nab ketishi oldidan o‘zbekistonlik futbolchilarni sinovdan o‘tkazadi. JCh—2018 14-iyun kuni start olsa, O‘zbekistonga qarshi uchrashuv 7-iyun kuni Urugvay poytaxti Montevideo shahrida o‘tkaziladi.

Urugvaylik futbolchilar JCh—2018 guruh bosqichida mezbon Rossiya, shuningdek, Misr va Saudiya Arabistoni termalariga qarshi kurash olib borishi kerak. O‘zbekistonlik futbolchilar Osiyo mamlakatlari, xususan, Saudiya bilan bir qator o‘yinlarda ishtirok etgan. Ikkinchi tomondan esa qit’a mamlakatlari orasidan futboli Rossiyanikiga eng yaqinroq bo‘lgani ham aynan O‘zbekistondir. Demak, o‘rtoqlik o‘yini imkoniyatlarni sinovdan o‘tkazib olish uchun Urugvayning o‘ziga ham as qotadi. Uchrashuvda urugvayliklar safida Luis Suares, Edinson Kavani kabi top futbolchilar ham ishtirok etishi mumkin.

O‘FA yangi rahbariyati bungacha ham JCh ishtirokchilari bo‘lgan 3 ta mamlakat termalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari borasida kelishuvga erishgandi. 23-mart kuni Senegalga qarshi o‘yin bo‘lib o‘tsa, 27-mart kuni o‘zbekistonlik futbolchilar Marokash bilan bahs olib boradi. 18-may kuni esa Tehronda Eronga qarshi saf tortadi.

Senegal bilan to‘qnashuvga 15 kun qoldi. O‘zbekistonga qarshi o‘yin uchun Sadio Mane ham, qolgan yulduzlar ham chaqirildi