23-mart kuni futbol bo‘yicha Senegal va O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘zaro maydonga chiqadi. Uchrashuvga Kasablanka shahri mezbonlik qiladi.

Foto: Google Images

FIFA kunlaridan unumli foydalanishni istayotgan bu mamlakatlar 27-mart kuniga ham o‘yinlar kelishib qo‘ygan. Jumladan, o‘zbekistonliklar shu kuni mundialning boshqa bir ishtirokchisi Marokashga qarshi saf tortsa, Senegal Bosniya bilan bellashib ko‘radi.

“Championat.asia” Afrika nashrlariga asoslanib, Senegal milliy termasining mazkur o‘yinlarga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Bosh murabbiy Aliu Sisse yig‘inga deyarli barcha asosiy futbolchilarini jalb qilgan. Faqatgina vitse-sardor Kara Mbodji tarkibdan tushib qolgan.

Senegal termasiga chaqirilgan futbolchilarning 11 nafari Angliya klublarida to‘p suradi, yana 9 nafari esa Fransiya chempionatida ishtirok etadi. Quyida O‘zbekiston milliy termasiga qarshi maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilar nomi keltirilgan.

Timur Kapadzedan birinchi qadam: O‘zbekiston milliy termasining Senegal va Marokashga qarshi kengaytirilgan tarkibi aniq

Darvozabonlar

  • Abdulaye Diallo — “Renn”, Fransiya
  • Alfred Gomis — SPAL, Italiya
  • Xadim NDiaye — “Xoroya”, Gvineya
  • Pape Seydu NDiaye — “ASK Diaraf”, Senegal

Himoyachilar

  • Kalidu Kulibali — “Napoli”, Italiya
  • Pape Ndiaye Suare — “Kristal Pelas”, Angliya
  • Arman Traore — “Nottingem Forest”, Angliya
  • Yussuf Sabali — “Bordo”, Fransiya
  • Fallou Dianye — “Mets”, Fransiya
  • Papi Jilaboji — “Dijon”, Fransiya
  • Salif Sane — “Gannover-96”, Germaniya
  • Lamin Gassama — “Alanyaspor”, Turkiya
  • Mussa Vaguye — “Eupen”, Belgiya

Yarim himoyachilar

  • Idrissa Gana Guyeye — “Everton”, Angliya
  • Sheyku Kuyate — “Vest Hem”, Angliya
  • Anri Saive — “Nyukasl”, Angliya
  • Badu Ndiaye — “Stok Siti”, Angliya
  • Sheyk Ndoye — “Birmingem Siti”, Angliya
  • Alfred Ndiaye — “Vulverhempton”, Angliya
  • Assane Diousse — “Sent-Etyen”, Fransiya

Hujumchilar

  • Sadio Mane — “Liverpul”, Angliya
  • Umar Niasse — “Everton”, Angliya
  • Mame Biram Diuf — “Stok Siti”, Angliya
  • Mbaye Niang — “Torino”, Italiya
  • Keyta Balde — “Monako”, Fransiya
  • Santi Ngom — “Nant”, Fransiya
  • Ismaila Sarr — “Renn”, Fransiya
  • Diafra Sako — “Renn”, Fransiya
  • Mussa Konate — “Amyen”, Fransiya
  • Mussa Sou — “Bursaspor”, Turkiya

Senegal termasi Rossiyadagi Jahon Chempionatida Polsha, Kolumbiya va Yaponiya bilan bir guruhdan joy olgan.