Kino tarixidagi kattalashtiruvchi linzalar yordamida olingan eng yaxshi kadrlar Mashable tomonidan e’lon qilindi. Ro‘yxatga to‘rtta filmdan olingan kadrlar kirgan.

Foto: Mashable

Birinchi kadr sifatida 1962-yilda suratga olingan “Lourens Araviyskiy” filmidagi cho‘lda olingan epizod qayd etilgan. Unda bosh qahramon ufqdan yaqinlashayotgan otliqni ko‘radi. Sahna teleobyektivda olingan.

Rolikka 1995-yilda olingan “Obro‘siz farishtalar” filmining kadrlari ham kiritilgan. Uchinchi o‘rin uchun 1975-yilda olingan “Barri Lindon” filmidagi kadrlar mos ko‘rilgan.