AQShda “Oltin Malina” mukofoti sovrindorlari aniqlandi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
2017-yilning eng yomon filmi deb “Emoji film” topildi. Shuningdek, ushbu film ssenariysi yilning eng yomon ssenariysi, rejissori Toni Leondis esa yilning eng yomon rejissori bo‘ldi.
“Yilning eng yomon filmi” nomiga “Transformerlar:so‘nggi ritsar”, “50 tusga to‘qroq”, “Mumiya” va “Malibu qutqaruvchilari” filmlari da’vogarlik qilgan.
“Mumiya” filmidagi ijrosi uchun Tom Kruz yilning eng yomon aktyori deb topildi.
“Medeyaning xellouini 2” kartinasida ayol obrazini yaratgan aktyor Tayler Perri yilning eng yomon aktrisasi bo‘ldi.
Izoh (0)