Merriam-Webster ingliz tili onlayn lug‘atining muharrirlari o‘ylab topilgan embiggens so‘zini lug‘at bazasiga qo‘shdi. Bu haqda ular Twitter’da ma’lum qildi.
So‘z birinchi marta “Simpsonlar“ multfilmining Lisa the Iconoclast nomli qismida ishlatilgan. Qismda springfildlik o‘quvchilar uchun Jebedai Springfild shahrining asoschisi haqda hikoya qilinadi. Filmda o‘quvchilar uchun A noble spirit embiggens the smallest man (“Mehribon ruh kichkinani ham katta qila oladi”) gapi yangraydi.
Lug‘atda aytilishicha, embiggen fe’li og‘zaki nutqda ishlatiladi va yumoristik ma’noga ega. So‘z “kattaroq qilmoq” yoki “kattalashtirmoq” ma’nolarida ishlatiladi. So‘z birinchi marta 1996-yilda ishlatilgan.
Izoh (0)