Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining 3-turidan keyin ham Tehronning “Istiqlol” klubi peshqadamligini saqlab qoldi. Qiziq tomoni, mazkur guruhdag jami 6 ta o‘yinning 5 tasida g‘olibni aniqlab bo‘lmagan.
O‘zbekistonlik Server Jeparov to‘p surayotgan “Istiqlol” kecha Amirlik chempionatining peshqadami bo‘lib turgan “Al-Ayn” maydonida saf tortdi va 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Jeparov bellashuvda 90 daqiqa to‘p surdi.
Uchrashuvni boshqarib borgan hakam shu kuni forslar darvozasiga 2 ta penalti tayin qildi. Ulardan birida darvozabon Said Husayn 2 ta seyvni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi va jamoasini qutqarib qoldi.
Server Jeparov va Odil Ahmedov kabi o‘zbekistonlik futbolchilar to‘p surayotgan klublar hozircha Chempionlar Ligasi guruhida peshqadam bo‘lib turibdi. O‘zbekistonning ikki yetakchi klubi “Nasaf” hamda “Lokomotiv” esa o‘z guruhida 3-o‘rindan joy olgan.
Chempionlar Ligasi “D” guruhi. 3-tur 6-mart, seshanba
Izoh (0)