Plyaj bo‘ylab sayr qilib yurgan ayol soyabon zarbidan vafot etdi, deb xabar berdi The Verge.

Foto: Schoolpressclub

Tekshiruv ma’lumotlariga ko‘ra, plyajda dam olayotgan 55 yoshli ayolning o‘limiga shamol natijasida uchib kelgan soyabon bilan to‘qnashuv sabab bo‘lgan. To‘qnashuv vaqtida bosim 120 megapaskalni tashkil etgan.

Mazkur holat shu qadar tez sodir bo‘lganki, uning yonidagi odam nima bo‘lganini tushunmay ham qolgan. Nafas olishi qiyinlashib, gapira olmay qolgan ayol shifoxonaga yetkazilgan, biroq oradan bir soat o‘tgach u vafot etgan. Marhumning jasadi yorib ko‘rilgach, soyabon uning qovurg‘asini sindirib yuborgani, yurakning chap qorinchasi va ko‘krak mushaklariga shikast yetkazgani ma’lum bo‘ldi.

O‘limga sabab bo‘lgan soyabon topilmadi. Tadqiqotchilar shu turdagi og‘irligi 5 kilogrammga teng soyabondan foydalangan holda zarba kuchini aniqlab ko‘rdi. Ma’lum bo‘lishicha, noxush hodisa sodir bo‘lgan vaqtda shamolning tezligi soniyasiga 9,8 metrni tashkil etgan. Bu esa zarba vaqtidagi bosim 110 megapaskalga teng bo‘lganligini bildiradi.